Davron Fayziyev JCH–2022da qaysi jamoa chempion bo‘lishini taxmin qildi

Sport

image
Davron Fayziyev “Paxtakor” stadionida qimorga asoslangan kontorra reklamasi aylanganiga izoh berdi north_east

Davron Fayziyev “Paxtakor” stadionida qimorga asoslangan kontorra reklamasi aylanganiga izoh berdi

Taniqli futbol sharhlovchisi Davron Fayziyev Qatar mezbonlik qilayotgan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida qaysi termaning imkoniyatini yuqoriroq baholashini aytib o‘tdi.

“Bir qancha o‘yinlarni ko‘rishga ulgurdik va bu holat ham taxminlarga ta’sir qilishi mumkin. Angliya va Ispaniya zo‘r o‘yin ko‘rsatdi, lekin avval ham bir qancha resurslarda aytgandim: Braziliya kuchliroq ko‘rinyapti”, deydi Fayziyev.

Ma’lumot uchun, sharhlovchi 2018 yilda Rossiya mezbonligida o‘tgan mundialda Fransiya termasining chempion bo‘lishini aytgandi va yakunda fransuzlar jahon kubogiga ega chiqishdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha besh karra jahon chempionlari Qatar mundialida ilk o‘yinini o‘tkazib, Serbiyani ishonchli hisobda mag‘lub etdi.

 


Maqola muallifi

Teglar

JCh–2022 Qatar2022

Baholaganlar

66

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing