Davron Fayziyev “Paxtakor” stadionida qimorga asoslangan kontorra reklamasi aylanganiga izoh berdi

Sport

image

O‘zbekiston futbol assotsiyatsiyasi matbuot va media departamenti rahbari, sharhlovchi Davron Fayziyev joriy yilning 20 noyabr kuni O‘zbekiston-Rossiya o‘yini vaqtida "Paxtakor" stadionidagi tablolarda rus bukmekerlik kontorrasining reklamasi aylanib turganiga munosabat bildirdi.

"Ikkita assotsiyatsiyaning o‘zaro yuridik kelishuvlari borki, ularning ma’lumoti shaxsan menga taqdim etilmaydi. Taqdim etilmagani uchun o‘zim ham bu mavzuda batafsil ma’lumotga ega emasman, lekin tushunishimcha, bu Rossiya terma jamoasining talab va majburiyatlaridan biri edi. Holatga qandaydir shartnomalardagi kelishuv sabab bo‘lgan. Bu mening taxminim, mazkur holat bo‘yicha aniq ma’lumotga ega emasman", deydi Fayziyev.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinida 0:0 hisobi qayd etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Davron Fayziyev O'FA

Baholaganlar

576

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing