JCHda zo‘r o‘ynasa, Ronalduning MYU haqidagi tanqidlari tasdig‘ini topadi — Davron Fayziyev

Sport

image

O‘FA matbuot va media bo‘limi rahbari, sport sharhlovchisi Davron Fayziyev portugaliyalik 5 karra "Oltin to‘p" sohibi Krishtianu Ronalduning Qatar mundialidagi o‘yinlari futbolchining kelgusidagi faoliyati uchun juda muhim ekanligini aytdi. Jurnalistning fikriga ko‘ra, agar Ronaldu mundialda o‘z darajasida to‘p sursa, demak uning avvalroq, MYU haqidagi tanqidlari to‘g‘ri bo‘lib chiqadi.

"Qatar mundiali 100 foiz Ronalduning kelajagini belgilab beradi. Balki, Ronaldu birorta klub bilan kelishuvga erishib qo‘ygandir. Agar, hech qaysi klub  bilan kelishib qo‘ymagan bo‘lsa, JCHda zo‘r o‘ynasa, Ronalduning MYU haqidagi tanqidlari tasdig‘ini topadi. Mabodo teskarisi bo‘lsa, demak bo‘ldi Ronaldu yetib keldi, degan xulosa kelib chiqadi", deydi Fayziyev.

Ma’lumot uchun, Ronaldu Qatar mezbonlik qilayotgan JCHda ham gol urib, 5 ta mundialda gol kiritgan yagona futbolchiga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu Davron Fayziyev

Baholaganlar

179

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing