Mourino Shomurodovga juda kam imkoniyat beryapti – Davron Fayziyev 

Sport

image

Taniqli futbol sharhlovchisi Davron Fayziyev Eldor Shomurodovning kelgusi faoliyati haqida fikr bildirdi. Fayziyev O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori uchun Rim klubini tark etish varianti yaxshiroq ekanligini ta’kidladi.

“Mourinoning unga munosabatidan kelib chiqib fikr bildiradigan bo‘lsak, u ketishi kerak. Mourino Shomurodovga sal bo‘lsa ham imkoniyat bermayapti. Shuning uchun, Eldor boshqa variantlarni ko‘rib chiqishi kerak. Iloji boricha, A Seriyada qolgani yaxshi”, deydi Fayziyev.

Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodov joriy mavsum “bo‘rilar” safida 8 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.

Davron Fayziyev bilan to‘liq intervyuni QALAMPIR.UZ'ning YouTube'dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Eldor Shomurodov Davron Fayziyev

Baholaganlar

167

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing