Shomurodov yanvarda “Roma”ni tark etadi – insayder

Sport

image

Italiyaning "Roma" klubida to‘p tepayotgan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov qishki transfer oynasida "bo‘rilar" safini tark etadi. Bu haqda insayder Nikolas Skira xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, futbolchi Rim klubi bosh murabbiyi Joze Mourinoning yangi yildagi rejalariga kiritilmagan. O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardoriga A Seriyaning "Torino", "Sampdoriya" va "Monsa" klublari qiziqish bildirmoqda. 

Avvalroq, "Transfermarkt" Shomurodovning qiymati 8 million yevrodan 7 million yevroga pastlaganini ma’lum qilgan edi,

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov 2021 yilda 18 million yevro evaziga "Jenoa"dan "Roma"ga o‘tgandi.

Joriy mavsumda hujumchi rimliklar safida umumiy 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.


Maqola muallifi

Teglar

Eldor Shomurodov Roma

Baholaganlar

538

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing