Davron Fayziyev davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Sport
−
27 iyun 2023 14368 1 daqiqa
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining marketing va media bo‘limi boshlig‘i, jurnalist Davron Fayziyev davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Bugun, 27 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Farmonga ko‘ra, bir qator jurnalistlar qatorida taniqli futbol sharhlovchisi, jurnalist Davron Fayziyev ham O‘FA media tizimidagi mehnatlari uchun “Sog‘lom turmush” medali bilan taqdirlandi.
Shuningdek, O‘zbekiston MTRKning “Sport” teleradiokanali davlat muassasasi bosh muharririyati katta muharriri Shafoat Tolibjonova ham mazkur mukofotga loyiq ko‘rilgan.
Muhsinjon Umurzoqov
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025