PSJ va uning top yulduzlari individuallikka juda bog‘lanib qolgan – Davron Fayziyev

Sport

image

Taniqli futbol sharhlovchisi Davron Fayziyev Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida PSJning “Bavariya”ga mag‘lubiyati va Parij klubining turnirni tark etishi haqida Telegram’dagi sahifasida fikr bildirdi.

“Syurpriz ro‘y bermadi. “Bavariya” intizomi buzilib, himoyasi sochiladigan klub emas. Tasavvur qiling, myunxenliklar YeCHLning bu mavsumida birinchi bo‘limlarda umuman gol o‘tkazmagan. Tarkib balansga ega, hatto zaxira ham. Nagelsman hisobdan kelib chiqib zamonaviy, moslashuvchan futbol ko‘rsatmoqda”, deydi Fayziyev.

Shuningdek, sharhlovchi hozirgi kunda PSJni qiynayotgan asosiy muammoni aytib o‘tdi.

“PSJ va uning top yulduzlari individuallikka juda bog‘lanib qolgan. Kimdir jarohat olsa, kimdirning o‘yini chiqmasa, qaysidir birining kayfiyati bo‘lmasa Parijda xaos boshlanadi. Galte xaosni boshqaradigan murabbiyga o‘xshamaydi. “Bavariya” titul uchun yurishni davom ettiradi”, deya qo‘shimcha qildi Fayziyev.


Maqola muallifi

Teglar

PSJ Davron Fayziev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing