“Davlatimiz qashshoqlashib qolmaydi”. Navoiy hokimi chempionga uy sovg‘a qildi (video)

Sport

image

Bugun, 18 oktyabr kuni Navoiy shahrida XIX Osiyo o‘yinlari g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Osiyo o‘yinlarining kurash turida oltin medalni qo‘lga kiritgan Umid Esonovga 2 xonali uy va 100 million so‘m topshirildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Tadbir davomida Osiyo o‘yinlarida bronza medallarni qo‘lga kiritgan sportchilar Jasur Jaloliddinov, Sherzod Esonov va Shahrizoda Mavlonovaga 33 million so‘mdan pul mukofoti berilgan. 

Sportchilarga taqdim etilgan mukofotlar qaysi mablag‘ hisobidan berilgani ma’lum qilinmagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyati hokimi Osiyo o‘yinlari g‘oliblarini uy bilan mukofotlagani xabar qilingandi. Jumladan, Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan surxondaryolik sportchilar – Bahodir Jalolov, Muxsin Hisomiddinov va Muzaffarbek To‘raboyevlarga uch va ikki xonali uy sovg‘a qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo o'yinlari Jasur Jaloliddinov Umid Esonov Sherzod Esonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing