Davlatga xiyonat qilgan amaldorlar qatl qilinishi belgilangan qonun kuchga kirdi
Olam
−
25 mart 2023
40785Belarusda davlatga xiyonat qilgan amaldorlarga nisbatan o‘lim jazosini qo‘llash imkoniyatini ko‘zda tutuvchi qonun kuchga kirdi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.
“Jinoyat javobgarligi to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Vazirlar Kengashi tomonidan 2022 yil oktyabr oyi oxirida Belarus Milliy Assambleyasining Vakillar palatasiga (quyi palata) taqdim etilgan. U dekabr oyi boshida birinchi o‘qishda, 2023 yil fevral oyi oxirida ikkinchi o‘qishda qabul qilingan.
Shu yilning fevral oyi oxirida hujjat Respublika kengashi (yuqori palata) tomonidan ma’qullangan, 9 mart kuni esa Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko tomonidan imzolangan.
Normativ hujjat 14 mart kuni milliy-huquqiy internet portalida e’lon qilingan va oradan 10 kun o‘tib kuchga kirdi.
Qonun bilan Belarus Jinoyat kodeksining 356-moddasi 2-qismidagi “Davlatga xiyonat” bobiga o‘zgartirish kiritildi. Unda davlat lavozimini egallab turgan mansabdor shaxs tomonidan davlatga xiyonat qilganlik uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish yoki o‘lim jazosi tarzidagi jazoni qo‘llash imkoniyati ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko davlat xizmatchilariga davlatga xiyonat qilganlik uchun o‘lim jazosi hamda Qurolli Kuchlarni obro‘sizlantirish uchun jinoiy javobgarlikni joriy qiluvchi qonunni imzolagani haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi