Davlat ustiga davlat qurmang yoxud Zangiotadagi 46 xonadon zulmatda yashashga mahkummi?
Jamiyat
−
18 iyun 2019
6065QALAMPIR.UZ tahririyatiga Zangiota tumani, “Qatortol” QFY, “Ibratli” bog‘dorchilik, uzumchilik shirkatidagi (BUSH) aholi vakillaridan shikoyat kelib tushdi. Unga ko‘ra, dala hovlida istiqomat qiluvchi aholi qariyb 10 oydan buyon elektr tarmog‘idan uzib qo‘yilgan.
QALAMPIR.UZ muxbiri “Ibratli” dala hovlilarida istiqomat qiluvchi aholi bilan muammoning kelib chiqish sababi haqida suhbatlashdi.
Shuningdek, shirkat raisi Jumanqul Durmatov, Zangiota tumani Elektr tarmoqlari korxonasi rahbari Bekzod Almatov va Zangiota tumani Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi rahbari (Zangiota tuman hokimligi dala hovlilar masalalari bo‘yicha mas’ul) Alisher Inog‘omovdan holatga oydinlik kiritish maqsadida ma’lumot olindi.
Xo‘sh, dala hovlida chiroq yo‘qligiga nima sabab bo‘lgan? Aholini bunday og‘ir ahvolga kim yoki nima olib keldi? Bu haqda ertaga, 19 iyun kuni e’lon qilinadigan videoreportajda so‘z boradi.
Eng qizig‘i, 10 oydirki, bu hududda yashayotganlarning kiyimlariga dazmol urilmaydi, 10 oydirki, uylarda issiq suv yo‘q, 10 oydirki, muzlatgich ishlamaydi, 10 oydirki, ular Prezidentni ko‘rmaydi, davlatdagi o‘zgarishlardan bexabar. 10 oydirki, TV ko‘rmagani sabab Toshkent viloyatiga yangi hokim tayinlanganini ham bilmaydi. Uyat emasmi?
QALAMPIR.UZ tahririyatining quyidagi tashkilotlar:
– Zangiota tumani hokimiyati;
– Zangiota tumani Majburiy ijro byurosi;
– Zangiota tuman prokuraturasi;
– Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumani sudi;
– Toshkent hududiy elektrotarmoq korxonasiga savoli bor: siz zulmatda necha kun yashay olasiz? Ushbu masalani hal qilishingiz uchun yana qanday sabab, sabr, vaqt kerak?