Toshkentdagi bo‘yoq sexida chiqqan yong‘in o‘chirildi
3-sahifa
−
10 Sentabr
2623Avvalroq, Toshkent viloyati Zangiota tumani “Erkin” MFYda joylashgan bo‘yoq (kraska) ishlab chiqarish sexi binosida yong‘in chiqqani xabar berilgandi. O‘t o‘chirish ekipajlari tomonidan yong‘in bartaraf etildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yong‘in soat 17:00 da qurshab olinib, soat 18:56 da batamom o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.
Bildirilishicha, yong‘inni bartaraf etish jarayoni Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev nazoratida amalga oshirilgan. Ayni vaqtda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Chilonzor tumani, “Bekto‘pi” MFY Diydor ko‘chasida joylashgan mebel ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lgandi.
LiveBarchasi