Davlat to‘ntarishida gumon qilingan 23 kishini hibsga olishga order berildi
Olam
−
10 dekabr 2022
7517Germaniya Federal Oliy sudi davlat to‘ntarishida gumon qilingan 23 nafar, jumladan ularni qo‘llab-quvvatlagan rossiyalik ayolni hibsga olishga order berdi. Bu haqda Germaniya Bosh prokuraturasining kecha, 9 dekabr kuni tarqatilgan xabarida aytiladi.
“7-8 dekabr kunlari Federal Oliy sud huzuridagi tergov sudyalari [22] Germaniya fuqarolariga, shuningdek, Rossiya fuqarosi Vitaliya B.ga nisbatan hibsga olish orderlarini ijro etdi”, deyiladi xabarda.
Bosh prokuratura ular o‘tgan 7 dekabr kuni hibsga olinganini eslatdi.
Qayd etilishicha, Italiya va Avstriyada davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rish ishi doirasida qo‘lga olingan yana ikki nemis fuqarosi ekstraditsiya jarayoni boshlangan.
Germaniya Bosh prokuraturasi to‘ntarishni amalga oshirishda asosiy aloqa shaxsi hozirda Rossiya Federatsiyasi hisoblanishi, ayblanuvchi Genrix XIII P.R. Rossiya Federatsiyasining Germaniyadagi vakillari bilan allaqachon aloqaga chiqqani, biroq javob ololmagani haqida bayonot berdi.
Bosh prokuratura Rossiyaning Berlindagi elchixonasiga va matbuotga davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rishda gumon qilinayotgan shaxslarning Rossiya vakillari bilan aloqalari tafsilotlari haqida ma’lumot bermagan.
Berlindagi elchixonaning ma’lum qilishicha, Rossiyaning Germaniyadagi diplomatik muassasalari noqonuniy tuzilmalar vakillari bilan hech qanday aloqada emas.
To‘ntarishga urinish
Avvalroq Germaniya Bosh prokuraturasi mamlakatda davlat to‘ntarishiga urinish bostirilgani haqida xabar bergan edi. 3000 ga yaqin politsiyachi ishtirok etgan keng ko‘lamli operatsiya davomida Germaniya maxsus xizmatlari davlat to‘ntarishini uyushtirganlikda gumon qilingan 50 dan ortiq kishidan 25 nafarini qo‘lga oldi.
Hibsga olinganlar orasida Rossiya Federatsiyasi fuqarosi – Vitaliya B. Ham bor. U gumonlanuvchilarga Rossiya Federatsiyasi vakillari bilan bog‘lanishda yordam bergani aytilmoqda. Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, hibsga olinganlar fitnaning mafkuraviy asoslarini millatchi nemis Reichsbuerger harakati va Qo‘shma Shtatlarda keng tarqalgan QAnon fitna nazariyasidan olgan.
Hozirgi operatsiya tarixdagi eng yirik operatsiyalardan biriga aylandi. Tintuvlar Germaniyaning 16 federal shtatlaridan 11 tasida, 130 dan ortiq uy va xonadonlarda o‘tkazildi.
Shu bilan birga, terrorchilik tashkiloti yirik va ildiz otgan bo‘lib chiqdi: uning tarkibiga Prussiya knyazlari merosxo‘ri, siyosatchi, yuqori martabali harbiylar va Mudofaa vazirligining maxsus kuchlari askarlari kirgan.
To‘ntarishni reja qilganlar hukumatga o‘xshash kengashni, shuningdek, harbiy qanotni yaratgan, boshqa narsalar qatori kuch tuzilmalarida – armiya va politsiyada tarafdorlarni faol ravishda jalb qilgan. Tashkilot a’zolari go‘yoki kichik qurolli guruh bilan Bundestag (parlament)ga bostirib kirishni rejalashtirgan.