Davlat to‘ntarishiga urinish ortida rossiyalik rahnamolar turibdi – Bosh prokuratura

Olam

image

Germaniyada davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rishda gumon qilinganlar rossiyalik  rahnamolari bilan bog‘landi, ammo hech qanday yordam ololmadi. Bu haqda bugun, 7 dekabr  kuni Germaniya Bosh prokuraturasi tarqatgan bayonotda aytiladi. 

Qayd etilishicha, gumondorlar davlat to‘ntarishi ssenariysini barcha darajadagi tizim o‘zgarishiga erishish uchun zarur bo‘lgan oraliq qadam sifatida ko‘rgan. Shu maqsadda tashkilot (harbiy) muvaqqat hukumatni tuzishi, uning a’zolari fikriga ko‘ra,  Germaniyadagi yangi davlat tartibini Ikkinchi jahon urushidagi g‘olib davlatlar bilan uyg‘unlashtirishi kerak bo‘lgan.

“Tashkilot nuqtai nazaridan, ushbu muzokaralar uchun asosiy aloqa shaxsi hozirda Rossiya Federatsiyasi hisoblanadi. Ayblanuvchi Genrix XIII P.R. Rossiya Federatsiyasining Germaniyadagi vakillari bilan allaqachon aloqaga chiqqan. Biroq, tergov ma’lumotlariga ko‘ra, hozircha aloqada bo‘lgan shaxslar uning so‘roviga ijobiy javob bergani haqida hech qanday alomatlar yo‘q”, deyiladi Germaniya Bosh prokuraturasi bayonotida. 

Shu bilan birga, ta’kidlanishicha, gumonlanuvchilar mashg‘ulotlarni boshlagan, mashg‘ulotlarning intensivligi 2021 yilning noyabr oyi oxiridan kechiktirmay oshgan.

“U [trening] hukumat tuzilmalariga o‘xshash tuzilmalarni rejalashtirish, jihozlar sotib olish, otish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish va yangi a’zolarni jalb qilishni o‘z ichiga oladi”, deydi Germaniya Bosh prokuraturasi. 

Guruhning markaziy organi, bayonotda ko‘rsatilganidek, kengash bo‘lib, uni Genrix XIII P. R. Boshqargan. Guruh a’zolari uni bo‘lajak davlat rahbari deb bilishadi.  

“2021 yil noyabr oyidan beri kengash a’zolari Germaniyada hokimiyatni egallashni rejalashtirish va o‘zlarining davlat tuzilmalarini yaratish uchun muntazam ravishda yashirin yig‘ilish o‘tkazgan. Kengashga harbiy qanot biriktirilgan. Uning ayrim a’zolari o‘tmishda Bundesver (Germaniya Qurolli kuchlari)da faol xizmat qilgan”, deya qo‘shimcha qildi BP. 

Bosh prokuraturaga ko‘ra, guruhning aynan mana shu qismi qurol yordamida hokimiyatni egallab olish rejasini amalga oshirishi kerak edi. Bundan tashqari, guruh a’zolari yangi a’zolarni yollash, qurol-yarog‘ va boshqa jihozlarni xarid qilish, aloqalarni ushlashdan himoyalangan kanallar va IT-tuzilmalarni yaratish bilan shug‘ullangan.

To‘tarishga urinish

Avvalroq Germaniya Bosh prokuraturasi mamlakatda davlat to‘ntarishiga urinish bostirilgani haqida xabar bergan edi. 3000 ga yaqin politsiyachi ishtirok etgan keng ko‘lamli operatsiya davomida Germaniya maxsus xizmatlari davlat to‘ntarishini uyushtirganlikda gumon qilingan 50 dan ortiq kishidan 25 nafarini qo‘lga oldi. 

Hibsga olinganlar orasida Rossiya Federatsiyasi fuqarosi – Vitaliya B. Ham bor. U gumonlanuvchilarga Rossiya Federatsiyasi vakillari bilan bog‘lanishda yordam bergani aytilmoqda. Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, hibsga olinganlar fitnaning mafkuraviy asoslarini millatchi nemis Reichsbuerger harakati va Qo‘shma Shtatlarda keng tarqalgan QAnon fitna nazariyasidan olgan.

Hozirgi operatsiya tarixdagi eng yirik operatsiyalardan biriga aylandi. Tintuvlar Germaniyaning 16 federal shtatlaridan 11 tasida, 130 dan ortiq uy va xonadonlarda o‘tkazildi. 

Shu bilan birga, terrorchilik tashkiloti yirik va ildiz otgan bo‘lib chiqdi: uning tarkibiga Prussiya knyazlari merosxo‘ri, siyosatchi, yuqori martabali harbiylar va Mudofaa vazirligining maxsus kuchlari askarlari kirgan. 

To‘ntarishni reja qilganlar hukumatga o‘xshash kengashni, shuningdek, harbiy qanotni yaratgan, boshqa narsalar qatori kuch tuzilmalarida – armiya va politsiyada tarafdorlarni faol ravishda jalb qilgan. Tashkilot a’zolari go‘yoki kichik qurolli guruh bilan Bundestag (parlament)ga bostirib kirishni rejalashtirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniyada davlat to'ntarishiga urinish

Baholaganlar

215

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing