Davlat tilida tahsil olmagan bitiruvchilar ham o‘zbek tilida majburiy imtihon topshiradi

Jamiyat

image

Endilikda O‘zbekistonda ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinf bitiruvchilari ham davlat tilidan imtihon topshiradi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning kecha, 22 aprel kuni chiqarilgan buyrug‘ida keltirilgan. 

Umumiy o‘rta ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, bitiruvchi sinflarda yakuniy attestatsiya o‘tkaziladigan fanlar ro‘yxati, shakli va muddatlari har o‘quv yilida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Bunda ushbu ro‘yxatga ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan maktablar uchun davlat tili majburiy fanlar blokiga kiritiladi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi doirasida 11-sinf bitiruvchilari majburiy hamda tanlov fanlari bo‘yicha yakuniy attestatsiyadan o‘tkaziladi. Bunda, tanlov fanlari ro‘yxatidan bitiruvchi oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonidagi o‘zi tanlagan yo‘nalishga mos fanlarni tanlashi mumkin.

Xorijiy tillar hamda umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchi yakuniy attestatsiya topshiriladigan fandan ozod etiladi. Bunda, xorijiy tillar hamda umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025 yil 20 fevraldagi 65-sonli buyrug‘i bilan ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinf bitiruvchilari ham davlat (o‘zbek) tilidan imtihon topshirishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

o'zbek tili Hilola Umarova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing