Hilola Umarova Saida Mirziyoyevaga o‘rinbosarlikdan ketdi
Jamiyat
−
16 fevral 9472 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Hilola O‘ktamovna Umarova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Umarova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgani aytilgan, biroq qaysi ishga o‘tgani ochiqlanmagan.
Uning o‘rniga Ilhom Tohirovich Sirojev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
.jpg)
Ma’lumot uchun, Hilola Umarova 1988 yilda Germaniyaning Vaymer shahrida tug‘ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – tashqi iqtisodiy faoliyat. U Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktab direktori, INHA universiteti bosh menejeri, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori lavozimlarida ishlagan. Umarova 2022 yilning so‘ngida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning 14 iyul kuni 3 yildan beri O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimida ishlab kelayotgan Hilola Umarova egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.
Live
BarchasiShayxontohur tumanida xonadon yonmoqda
16 fevral