Saida Mirziyoyevaga o‘rinbosarlikdan ketgan Umarova rektor bo‘ldi

Jamiyat

image

Hilola Umarova Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida so‘z boradi.

Ma’lum qilinishicha, Hilola  O‘ktamovna Umarova  O‘zbekiston  Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining pedagogik ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Hilola O‘ktamovna Umarova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgandi. Uning o‘rniga Ilhom Tohirovich Sirojev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

2025 yilning 14 iyul kuni 3 yildan beri O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimida ishlab kelayotgan Hilola Umarova egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Hilola Umarova Nizomiy nomidagi O'zbekiston milliy pedagogika universiteti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing