Davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun jarima oshirilmoqda
Jamiyat
−
16 aprel 2021
5045O‘zbekistonda davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarima jazosi kuchaytirilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev ma’lum qildi.
O‘zgartirishlarga muvofiq fuqarolarning tarbiya va ta’lim berishda tilni erkin tanlashdan iborat huquqlarini buzish, tildan foydalanishda to‘sqinlik qilish va cheklash, davlat tilini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida yashovchi boshqa millatlar va elatlarning tillarini mensimaslik, bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi mumkin.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
“Mazkur mazmundagi qonun loyihasi Qonunchilik palatasidagi fraksiyalar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Jarayonlar hozircha muhokamada”, degan Kusherboyev.
Ma’lumot uchun, amaldagi qonunga ko‘ra, ayni vaqtda bunday huquqbuzarlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima belgilangan.
LiveBarchasi