Davlat tashqi qarzining asosiy qismi nimaga sarflanmoqda?
Jamiyat
−
28 may 2021
67442021 yilning I chorak yakuni bo‘yicha jami davlat tashqi qarzining 4,4 mlrd. dollari davlat byudjetini qo‘llab-quvvatlashga ajratildi. Bu haqda Moliya vazirligi hisobotida qayd etildi.
Davlat tashqi qarzi tarmoqlar kesimida quyidagicha taqsiimlandi:
• 20,8 foizi yoki 4,4 mlrd dollar davlat byudjetiga;
• 14,5 foizi yoki 3,0 mlrd dollar elektr-energetika sohasiga;
• 11,3 foizi yoki 2,4 mlrd dollar transport va transport infratuzilmasiga;
• 9,4 foizi yoki 2,0 mlrd. dollar uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasiga.
Qayd etilishicha, davlat tashqi qarzining katta qismi uzoq muddat hamda imtiyozli foiz stavkalarida taqdim etilgan.
“O‘zbekiston Respublikasi xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan qarz mablag‘larini jalb qilishda konservativ yondashuvga va xatarlarni boshqarish tamoyillariga amal qiladi”, deyiladi Moliya vazirligi hisobotida.
Avvalroq, 2021 yilning 1 aprel holatiga davlat qarzi kamaygani va 23,2 mlrd dollarni tashkil qilayotgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi