Davlat imtihoni vaqtida o‘quvchi qiz vafot etdi

Olam

image

Chuvash Respublikasi (Rossiya) poytaxti Cheboksari shahrida matematikadan imtihon vaqtida o‘quvchi qiz vafot etdi. Bu haqda “Pro Gorod” portali xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa bugun, 29 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:30 da 38-maktabda yuz bergan. U yerda bir nechta maktab o‘quvchilari matematika fanidan yagona davlat imtihonini topshirayotgan bo‘lgan.

“Jasad yo‘lakda mato ostida yotardi”, deyiladi xabarda.

Chuvash Respublikasi Tergov qo‘mitasi ayni holat yuzasidan hech qanday izoh bermagan.

Qayd etilishicha, o‘tgan yili ham yagona davlat imtihoni arafasida Chebosaridan 11-sinf bitiruvchi qizning jasadi topilgan.


Maqola muallifi

Teglar

maktab imtihon

Baholaganlar

144

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing