Davlat eksport harajatlarining qanchasini qoplaydi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “Mahsulotni eksport qilishda tashish xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga kompensatsiya qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, mahalliy eksport qiluvchi korxonalarga mahsulotni eksport qilishda temir yo‘l transportida tashish bo‘yicha xarajatlarining 50 foizigacha qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanishi tartibi belgilandi.

Eksportni rag‘batlantirish agentligi manfaatdor sub’ektlarga kompensatsiya taqdim etish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilandi.

Shuningdek, manfaatdor sub’ektlar 2019 yil 1 maydan boshlab eksport qilgan mahsulotlari bo‘yicha transport xarajatlarining 50 foizigacha qismiga kompensatsiya olish uchun ariza topshirish huquqiga ega.

Hujjatlar to‘liq taqdim etilganda vakolatli organ tomonidan arizalar 7 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.

Moliya vazirligi vakolatli organ buyurtmanomasiga asosan 3 ish kunida davlat byudjetidan subsidiya mablag‘larini vakolatli organga, vakolatli organ esa ushbu mablag‘ni 3 ish kuni mobaynida manfaatdor sub’ektning bankdagi hisob raqamiga o‘tkazib beradi.

Kompensatsiya berilgan manfaatdor sub’ektlarning reyestri yuritib boriladi.


Maqola muallifi

Teglar

nizom eksport

Baholaganlar

4

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing