Davlat dasturi ijrosini nazorat qilish uchun shtablar tuziladi
Jamiyat
−
13 dekabr 2021
4188O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha Prezident qarori” qabul qilindi
Qarorga muvofiq, 2022 yildan boshlab har yili:
• 1 aprelgacha joylarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasining holati, yangi loyihalarni amalga oshirish zarurati va ularning joylashuvi, shuningdek, ushbu masalalar bo‘yicha keng jamoatchilik fikri o‘rganiladi;
• 1 maygacha loyiha-qidiruv ishlarini moliyalashtirish uchun zarur mablag‘lar buyurtmachilar kesimida shakllantiriladi;
• yil yakunigacha kelgusi yillar uchun Dastur tasdiqlanib, unga kiritilgan loyihalar bo‘yicha tanlov (tender)lar e’lon qilinadi. Bunda, Dasturga loyiha (loyihaoldi) hujjatlari ekspertizadan o‘tkazilmagan loyihalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
2022 yil 1 yanvardan konsolidatsiyalashgan byudjet mablag‘lari va boshqa markazlashgan manbalar hisobidan xarajatlarni amalga oshirish va ishlarni bajarish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
• moliyalashtirish manbai aniq bo‘lmaganda;
• loyiha hujjatlari (ishchi loyiha, ish hujjatlari, loyiha-smeta hujjatlari) mavjud bo‘lmaganda yoki ular qurilish-montaj ishlari bilan bir vaqtda tayyorlanganda, ya’ni parallel ravishda olib borilganda;
• pudratchi (loyihachi) tashkilotlar tanlov (tender) o‘tkazilmasdan tanlab olinganda.
Qarorga ko‘ra, Davlat dasturlari shakllantirilishi va ijro etilishini, shuningdek, ushbu dasturlar doirasida mablag‘lar maqsadli ishlatilishini nazorat qilishning yangi tizimi joriy etiladi.
Bunda Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika shtabi, hududiy shtablar hamda tuman (shahar) shtablari tuziladi.
Loyihalar tashabbuskorlari faoliyatida “Byudjet nazorati” elektron dasturidan foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Qarorga ko‘ra, Bosh prokuratura tuzilmasida Qurilish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi tashkil etiladi.
Shuningdek, xatlovdan o‘tkazilgan ob’ektlarning, shu jumladan kadastr raqami hamda pasportini o‘z ichiga olgan yagona elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish tizimi yaratiladi.
2022 yil 1 iyungacha ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa sohalar uchun yangi zamonaviy idoraviy qurilish normalari joriy etiladi.
LiveBarchasi