2020 yilgi Davlat dasturi qabul qilindi
Jamiyat
−
02 mart 2020
9288Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili Davlat dasturi qabul qilindi. Davlat dasturi loyihasi 2020 yil 11-20 fevral kunlari jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan edi.
Taraqqiyot strategiyasi markazidan qayd etishlaricha, muhokama jarayonida aholidan 3 162 ta taklif kelib tushgan. Takliflar bo‘yicha o‘tkazilgan muhokamalar yakuniga ko‘ra, loyihaga jami 62 ta konseptual va 30 dan ortiq tahririy o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan.
Misol uchun:
• “Mening fikrim” veb-portalida tashabbuslarni ko‘rib chiqish, qabul qilish va rad etish jarayonlarining ochiqligini ta’minlash;
• sudyalarni rotatsiya qilishning aniq va shaffof mexanizmini joriy etish;
• tashqi qarzlarni olish va uni maqsadli sarflash jarayonida Oliy Majlis palatalarining rolini kuchaytirish;
• “yashirin iqtisodiyot” sub’ektlarini aniqlashda jamoatchilik nazorati mexanizmlarini joriy qilish;
• kambag‘allikni aniqlash mezonlarini ishlab chiqishda mahalliy deputatlarning ishtirokini kengaytirish;
• "Kitob kuni"ni belgilash va shu kunda respublika bo‘ylab ommaviy ijtimoiy tadbirlar o‘tkazish;
• talabalar turar joylarini qurishni davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish;
• O‘zbekiston Respublikasida seysmik xavfsizlikni ta’minlash tizimini takomillashtirish kabi takliflar Davlat dasturiga kiritildi.
Davlat dasturining 2 yo‘nalishi 28 band bilan jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan edi. Muhokamalar natijasida 22 ta banddan iborat bo‘lib imzolandi. 7 ta band fuqarolarning takliflariga asosan chiqarib tashlangan. 1 ta yangi band qo‘shildi. 22 ta band 18 nafar fuqarolarning konseptual takliflariga asosan tahrir qilingan.
LiveBarchasi