Endilikda ipoteka kreditini kechiktirib to‘lash tizimi joriy etiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda “ipoteka krediti bo‘yicha kanikul” majburiy tartibda bank tizimiga joriy etiladi. Bu haqda “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi va 2020 yil Davlat dasturi loyihasida qayd etilgan.

Hujjat bilan kreditni o‘z vaqtida to‘lash imkoniyati bo‘lmagan fuqarolarga qo‘shimcha imkoniyat yaratiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga favqulodda holatlar yuzaga kelganligi, shu jumladan ish joyi va mehnat layoqatini yo‘qotganligi munosabati bilan fuqarolarga ipoteka kreditlarini to‘lashni kechiktirish imkonini beruvchi “ipoteka krediti bo‘yicha kanikul”ni majburiy tartibda bank tizimiga joriy etishni nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar bo‘yicha takliflar kiritadi.

Aholini ijtimoiy himoya qilish konsepsiyasini ishlab chiqiladi.

•  Loyihada:

•  ijtimoiy nafaqa to‘lashning mukammal tizimini joriy etish, jumladan, kam ta’minlangan oilalarga ko‘mak ko‘rsatish qamrovini kengaytirish;

•  byudjet mablag‘lari maqsadli sarflanishini ta’minlash;

•  nafaqa tayinlashdagi mezonlarni qayta ko‘rib chiqish va uni belgilashda ochiq va adolatli tizimni yaratish;

•  ijtimoiy nafaqa bo‘yicha bitta idoraga murojaat qilinganidan keyin, o‘sha idoraning o‘zi bir kunda hamma hujjatlarni tayyorlaydigan tizimni yaratish;

•  o‘zgalar parvarishiga muhtoj yakka-yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga “Muruvvat” va “Saxovat” uylarida statsionar sharoitda tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish;

•  ajratilayotgan ijtimoiy to‘lovlar miqdorini qayta ko‘rib chiqish;

•  fuqarolarga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan, vazirlik, idoralar orasida bo‘linib ketgan ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy xizmatlarni bir-biriga muvofiqlashtirish;

yagona reyestr tashkil qilish orqali ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy xizmatlarni yagona axborot kommunikatsiya tizimiga o‘tkazish;

“Mehribonlik uylari”da tarbiyalangan yoshlarning ijtimoiy moslashuvi, xususan ularni ish, uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish nazarda tutiladi.


Maqola muallifi

Teglar

kredit Davlat dasturi

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing