Davlat Bobonov harbiylar o‘rtasida Jahon chempionligini qo‘lga kiritdi

Sport

image

Bugun, 31 oktyabr kuni Fransiya poytaxti Parij shahrida dzyudo bo‘yicha harbiylar o‘rtasidagi Jahon chempionatining ikkinchi kuun bahslari o‘tkazildi. 

Biroz avval, 90 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Tokio Olimpiadasi sovrindori Davlat Bobonov final bahsini g‘alaba bilan yakunladi. O‘zbekistonning 2020 yildagi eng yaxshi sportchisi hal qiluvchi bellashuvda braziliyalik Godoy De Machedo ustidan zafar quchdi. 
 
Eslatib o‘tamiz, Davlat Bobonov finalga qadar Avstriya, Rossiya va Slovakiya dzyudochilaridan ustun kelgan edi.

Shuningdek, 40-marotaba tashkil etilayotgan musobaqaning ilk kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Diyora Keldiyorova va Dilshodbek Baratov o‘z vazn toifalarida oltin medalga ega chiqishgan edi. 

Ma’lumot uchun, Xalqaro dzyudo federatsiyasining (IJF) yangilangan reytingiga ko‘ra, Davlat Bobonov birinchi o‘rinda qayd etilgan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Dzyudo Davlat Bobonov Harbiylar o'rtasida JCh IJF

Baholaganlar

273

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing