Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbariga o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi. Vazirlar Mahkamasining bu to‘g‘ridagi tegishli qarori qabul qilindi.

Hukumat qaroriga muvofiq To‘lqin Nabiyevich Nabiyev agentlik direktorining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Ma’lumot uchun, To‘lqin Nabiyev bundan oldin Davlat Raqobat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi boshqarma boshlig‘i sifatida ishlab kelgan.

Avvalroq, Sunatulla Bekenov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi To'lqin Nabiev

Baholaganlar

34

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing