Dastin Porening nabatdagi raqibi aniq bo‘ldi
Sport
−
08 Sentabr 2022
4850UFC'ning mashhur amerikalik jangchilaridan biri Dastin Pore navbatdagi jangini hamyurti Maykl Chendlerga qarshi o‘tkazadi. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ushbu jang shu yilning 13 noyabr kuni Nyu-Yorkda (AQSH) bo‘lib o‘tadigan UFC 281 turniridan joy oladi.
Ushbu musobaqaning markaziy jangida Israel Adesanya va Aleks Pereyra o‘rtasida chempionlik jangi bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Dastin Pore oxirgi jangini 2021 yilning 11 dekabr kuni Charlz Oliveyraga qarshi o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchragan edi. Maykl Chendler esa shu yilning 7 may kuni Toni Fergyusonni mag‘lubiyatga uchratgan.