Dastin Konorni sindirib tashlaydi — Habibning murabbiyi

Sport

image

Yengil vazn toifasida UFC sobiq chempioni Habib Nurmuhamedovning murabbiyi Xaver Mendes ertaga, 11 iyul kuni tongda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan Dastin Pore va Konor Makgregor o‘rtasidagi jangga o‘z taxminini bildirdi. U “Daily mail” nashriga bergan intervyusida Porening imkoniyatlarini yuqoriroq baholadi. 

“Dastin Konorni sindirib tashlashiga shubham yo‘q. Bu voqea yuz berishini tasavvur qilish qiyin emas. Pore oldinga boradi, hujumlar tashkil etadi va Makgregorning irodasini sindiradi, deb o‘ylayman. Menimcha, jang shunday davom etadi. 

Konor Dastinga qarshi tura oladimi? Amerikalik “olmos” yillar davomida kuchayib bordi. U tezkor g‘alaba qozonishga harakat qiladimi yoki yo‘qmi, bilmayman. Lekin o‘ylaymanki, bu jang oldingisiga qaraganda yaxshiroq bo‘ladi. Agar ikkisidan birini tanlashim kerak bo‘lsa, men Poreni tanlagan bo‘lardim. Biroq, “Notorius”dan nima kutish mumkinligini hech kim bilmaydi. 

U haqiqiy jangchi, shuning uchun mag‘lubiyatga uchragan taqdirda ham qachondir yana o‘zini eslatib qo‘yishi mumkin”, deydi Mendes.

Eslatib o‘tamiz, jang oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Konor o‘zini ancha qo‘pol suratda namoyon qildi. Ko‘pchilik uning avvalgi darajasiga qaytganiga ishonmoqda. Dastin esa sokinroq, barchasi oktagonda hal qilinishini bilib turibdi. Makgregorning aytishicha, “olmos” vazn tashlashga qiynalgan. 

Ma’lumot o‘rnida, yengil vaznda UFC sobiq chempioni Habib Nurmuhamedov Xaver Mendes qo‘l ostida birorta jangda mag‘lubiyatga uchramagan.

Avvalroq Makgregor Habibning “sportdan kalamush singari qochib ketgani”ni aytib chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

Konor Makgregor Habib Nurmuhamedov Xav'er Mendes UFC 264

Baholaganlar

46

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing