“Darxon”da daraxtkushlik aniqlandi
3-sahifa
−
23 Oktabr 2023
9350Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan “Darxon” ilmiy-tajriba stansiyasi (Dendropark) hududida daraxtlarni nobud qilish, yer ajratish va undan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq ko‘plab holatlar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura tomonidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va boshqa mutasaddi davlat idoralari bilan hamkorlikda O‘rmon xo‘jaligi agentligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti hududida o‘simliklar dunyosi muhofazasi va o‘rmon fondi yerlaridan foydalanish ahvoli o‘rganilgan.
O‘rganish davomida Toshkent tumanida joylashgan “Darxon” ilmiy-tajriba stansiyasi (Dendropark) yer maydonlari mutaxassislar ishtirokida ko‘zdan kechirilib, daraxtlarni nobud qilish, yer ajratish va undan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq ko‘plab holatlar aniqlangan.
Prokuraturaga ko‘ra, hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 198-(Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) va 205-(Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi