Darig‘a Nazarboyeva iste’foga chiqishi kerak – deputat
Olam
−
10 fevral 2022
6407Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevning qizi, mamlakat parlamenti Majilisi (quyi palatasi) deputati Darig‘a Nazarboyeva yanvar voqealaridan keyin iste’foga chiqishi kerak. Bu haqda uning hamkasbi, hukmron “Nur Otan” partiyasi deputati Aydos Sarim ta’kidladi.
“Mavjud vaziyatdan kelib chiqib, shaxs, fuqaro sifatida Darig‘a Nazarboyeva iste’foga chiqishi kerak, deb hisoblayman”, degan Sarim jurnalistlarga.
Undan Nazarboyeva nega bunday qilishi kerakligi so‘ralganda, u Qozog‘istondagi yanvar voqealari “uning familiyasi bilan bog‘liq”, deb javob bergan.
“Yanvar fojiasiga olib kelgan vaziyat va aytaylik, Qozog‘istonda shakllangan avtoritar tizim, boshqa narsalar qatori, uning nomi bilan bevosita bog‘liq. Jamoatchilikda esa katta ishonchsizlik va norozilik mavjud. Bunga javob berish kerak. Butun dunyoda bunga siyosiy jihatdan iste’folar orqali erishildi. Bu oddiy jahon amaliyoti”, deb tushuntirgan u.
Ma’lumot o‘rnida, parlament deputati Darig‘a Nazarboyeva ikki oydirki, palata majlislariga kelmayapti. Uning yordamchisi ayni vaqtda Darig‘a Nazarboyeva maoshsiz ta’tilda ekanini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil yilning 2 may kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Senat Raisi Darig‘a Nazarboyevaning vakolatini tugatish to‘g‘risida farmonni imzolagandi. Shuningdek, uning xizmatlari uchun minnatdorlik bildirgan.
Darig‘a Nazarboyeva 2019 yilda otasi prezidentlikdan iste’foga chiqqach, Senat raisi etib saylangan edi. Undan avvalgi Senat raisi Qosim-Jomart To‘qayev mamlakat Prezidenti bo‘lgandi.
LiveBarchasi