Daniyalik yigit noodatiy rekord o‘rnatdi
Bu qiziq
−
17 fevral
8449Daniya fuqarosi Peter fon Tangen burniga 68 ta gugurt cho‘pi solib, jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda 15 fevral kuni "Guinnessworldrecords.com" sayti ma’lum qildi.
Piter bu rekordni qo‘lga kiritgan birinchi inson bo‘ldi.
“Ajablanarlisi shundaki, bu hech qanday zarar keltirmadi. Menda juda katta burun teshiklari va elastik teri bor. Ishonchim komilki, bu menga yordam berdi", degan rekordchi.
Piter ushbu tanlovni jahon rekordlarini sinchkovlik bilan o‘rganib chiqqanidan keyin tanlaganini tan oldi, u bunga qadar burniga nimadir solishni o‘ylab ham ko‘rmagan.
U hozirda o‘z natijasini yaxshilash haqida bosh qotirmayotganini, ammo kelajakda bunday imkoniyatni istisno qilmasligini aytgan.
"Ehtimol, qariganimda burnim yanada kengayar", deb hazillashgan u.
Piter biznes boshqaruvida ishlaydi va tez orada o‘rta maktabda ijtimoiy fanlardan dars berishni rejalashtirmoqda.
Ginnesning rekordlar kitobini o‘qib ulg‘aygan Piter o‘zining jahon rekordini o‘rnatganidan xursand.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq xitoylik nafaqaxo‘r dunyodagi eng keksa videoblogerga aylangan edi.
LiveBarchasi