Xitoylik nafaqaxo‘r dunyodagi eng keksa videoblogerga aylandi
Bu qiziq
−
01 fevral
4897Internetda “Yang bobo” (Grandpa Yang) nomi bilan tanilgan 88 yoshli Yang Binglin dunyodagi eng keksa videobloger sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Bu haqda “Upi.com” sayti 30 yanvar kuni ma’lum qildi.
Qariyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasini kuzatib boradigan 280 mingga yaqin obunachisi bor.
O‘zining aytishi bo‘yicha, u 1998 yilda nafaqaga chiqqanidan keyin video o‘yinlarni o‘ynay boshlagan. O‘shandan beri u kuniga uch-olti soatni sevimli mashg‘ulotiga bag‘ishlaydi.
Yanning xotini uning sevimli mashg‘ulotini qo‘llab-quvvatlaydi va ba’zida u bilan birga o‘ynaydi ham. Bundan tashqari, Binglin o‘zining nevaralari va boshqa oila a’zolarini ham video o‘yinlar olami bilan tanishtirgan.
U xitoylik rekordchiga aylanganidan va o‘ziga qaratilayotgan e’tibordan xursandligini aytadi.
“Tanam o‘zimga bo‘ysungunicha o‘yinlarni o‘ynashni to‘xtatmayman”, degan u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq bir sahnada 75 millat vakillarini jamlashga muvaffaq bo‘lgan o‘zbekistonlik Fotima Hasanova Ginnesning 2024 yilgi ro‘yxatiga kiritilgan birinchi o‘zbek bo‘lgan edi.
LiveBarchasi