Daniyada 81 yillik harorat rekordi yangilandi
Olam
−
20 iyul 2022
10690Bugun, 20 iyul kuni Daniyada 1941 yildan buyon kuzatilgan eng yuqori harorat qayd etildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
“Yutlandiya g‘arbidagi Borris shahrida 35,6 daraja harorat kuzatildi. Buni Daniya meterologiya instituti tasdiqlaydi”, deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, avvalgi rekord 1941 yilda aniqlangan. O‘shanda harorat 35,3 darajani tashkil etgan.
Yaqinda bir qator Yevropa davlatlarida anomal issiq havo hukm surdi. Butunjahon meteorologiya tashkiloti vakili Robert Stefansk Yevropa mamlakatlarida havo haroratining g‘ayritabiiy darajada yuqoriligi kelasi hafta o‘rtalarigacha davom etishini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniyada ham kecha, 19 iyul kuni tarixiy maksimal harorat qayd etildi. Linkolnshir grafligidagi Koningsbi shahrida havo Selsiy bo‘yicha 40,3 darajagacha qizigan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Gidrometerologiya xizmati markazi xabariga ko‘ra, 21-23 iyul kunlari mamlakatda anomal issiqlikning o‘ta faol bosqichi kuzatiladi. Respublikaning 5 ta viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida harorat maksimumlari +47 darajagacha yuqorilaydi.
LiveBarchasi