Daniya Bosh vaziri hujumga uchradi
Olam
−
08 iyun
5624Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen Kopengagenda hujumga uchradi. Bu haqda uning idorasiga tayanib, mahalliy “Ekstra Bladet” nashri xabar berdi.
Aytilishicha, kecha, 7 iyun kuni Daniya poytaxti markazida noma’lum erkak Bosh vazirni urgan. Frederiksenning o‘zi ham voqeadan hayratda qolgan va hujum qilgan shaxs qo‘lga olingan.
“Ekstra Bladet” manbalariga tayanib yozishicha, Frederiksen yaxshi, lekin u sodir bo‘lgan voqeadan “juda hayratda”.
May oyi oxirida Germaniyaning Mannxaym shahrida Pax Europa harakatidan siyosatchi Mixael Shtyursenberger pichoqlab ketildi. Hodisada 29 yoshli politsiyachi Ruven L. ham halok bo‘ldi. Bir necha kundan so‘ng o‘ng qanot populist “Germaniya uchun muqobil” partiyasidan jamoatchilik kengashi rahbari lavozimiga nomzod Xaynrix Kox hujumga uchradi.
Avvalroq Germaniyada boshqa siyosatchilar ham hujumga uchragan edi. Shunday qilib, may oyi boshida Germaniya sotsial-demokratik partiyasi a’zosi, Berlindagi iqtisodiy senator Fransiska Giffi va Drezdenda ismi oshkor etilmagan siyosatchi xuddi shu kuni hujumga uchradi.
Eslatib o‘tamiz, 15 may kuni Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso bir necha o‘qdan yaralangan edi. Suiqasdda gumonlanuvchi 71 yoshli slovak yozuvchisi Yuray Sintuladir. U o‘z harakatini hukumat siyosatiga rozi emasligi bilan izohladi. 31 may kuni Fitso shifoxonadan chiqdi.