Dani Alves katta futbolga qaytishi mumkin
Sport
−
27 yanvar 1257 1 daqiqa
“Barselona” va Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Dani Alves professional futbolga qaytishi mumkin. Bu haqda “The Touchline” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 42 yoshli braziliyalik futbolchi Portugaliyaning uchinchi divizionida ishtirok etuvchi “Sao Jao Ver” klubida faoliyatini davom ettirish variantini ko‘rib chiqmoqda. Qayd etilishicha, Alves yaqinda ushbu klubning ham egasiga aylangan va ayni paytda futbolchilik faoliyatini rasman qayta boshlash uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirmoqda.
Manbaning xabar berishicha, Dani Alves 2026 yilgi Jahon chempionatida Braziliya terma jamoasi safida maydonga tushish orzusidan hamon voz kechmagan. Garchi uning mundialda ishtirok etish ehtimoli juda past bo‘lsa-da, futbolchi ushbu maqsad sari intilishni davom ettirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dani Alvesning sobiq rafiqasi va sobiq agenti Dinora Santana futbolchining aktivlarini boshqargan (2013–2023 yillar oralig‘idagi o‘n yillik) davrda 3,7 million AQSH dollarini o‘zlashtirishda ayblab sudga bergan edi.
Live
Barchasi