“Barselona” jamoasi jarimaga tortildi

Sport

−

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi “Atletiko Madrid” hujumçisi Xulian Alvares bilan madridliklarni oldindan xabardor qilmasdan muzokara olib borgani uçun 602 yevro miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda “Mundo Deportivo” naşri xabar berdi.

“Atletiko” Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasiga (RFEF) şikoyat bilan murojaat qilib, kataloniyaliklar Alvares bilan muzokaralar boşlangani haqida klubni qoidalarda belgilangan tartibda yozma ravişda xabardor qilmaganini bildirgan.

Qoidabuzarlik yengil deb baholangan va RFEF “Barselona”ga 602 yevro jarima belgilagan. Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) esa yurisdiksiyasi mavjud emasligi sababli işni körib çiqmagan.

Ma’lumot uçun, 26 yoşli Xulian Alvares 2024 yildan buyon “Atletiko” şarafini himoya qilib kelmoqda. U bunga qadar “Mançester Siti” va Argentinaning “River Pleyt” klublarida töp surgan. Alvares “Mançester Siti” safida ikki marta Angliya çempioni bölgan, şuningdek, Çempionlar ligasi, klublar örtasidagi jahon çempionati va boşqa xalqaro sovrinlarni qölga kiritgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing