“Barselona” “El-Klasiko”dan rekord darajada daromad oldi
Sport
−
10:48 462 2 daqiqa
“Barselona” “Real”ga qarşi “El-Klasiko” uçraşuvidan 19,1 million yevro daromad oldi. Bu klub tarixidagi mazkur bahslardan tuşgan eng yuqori tuşum hisoblanadi. Bu haqda “Mundo Deportivo” naşri xabar berdi.
“Kamp Nou” stadionida ötkazilgan uçraşuvdan tuşgan daromad bundan beş oy avval örnatilgan rekorddan ham oşdi. Bunga çiptalar narxining kötarilişi va VIP-örinlar sonining köpaytirilişi hisobiga erişildi. Jumladan, stadionning ikkinçi yarusida VIP-tomoşabinlar uçun törtta yangi qator qöşildi.
Avvalgi rekord joriy yilning 10 may kuni bölib ötgan “El-Klasiko”da qayd etilgan bölib, öşanda “Barselona” 16 mln 465 ming 731 yevro daromad olgan edi. Öşa uçraşuvda kataloniyaliklar La Liga çempionligini ta’minlagandi.
Yangi körsatkiç esa 19 mln 105 ming 768 yevroni taşkil etdi. Şu tariqa, “Barselona” “El-Klasiko”dan tuşgan daromad böyiça öz rekordini yangiladi.
Ma’lumot uçun, uşbu ğalabadan söng “Real” “El-Klasiko”lar tarixidagi ğalabalar soni böyiça yagona yetakçiga aylandi. Hozirda madridliklar hisobida 107 ta ğalaba bor. “Barselona” esa 106 marta zafar quçgan. Yana 52 ta uçraşuv durang bilan yakunlangan.
“Real” keyingi uçraşuvini joriy yilning 1 noyabr kuni safarda “Rasing”ga qarşi ötkazadi. “Barselona” esa bir kun oldin öz maydonida “Alaves”ni qabul qiladi.
Live
Barchasi26 Oktyabr
26 Oktyabr