Dang‘aradagi “zapravka”da chiqqan janjal o‘lim bilan tugadi
3-sahifa
−
05 fevral
18351Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanidagi gaz “zapravka”da sodir bo‘lgan janjal oqibatida 23 yashar yigit vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 3 fevral kuni Dang‘ara tumanida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida uch nafar shaxs o‘zaro janjallashgan.
Shu paytda bezorilikni oldini olish maqsadida, ularni ajratish uchun kelgan boshqa shaxsga (2001 yilda tug‘ilgan) ham faol qarshilik ko‘rsatilgan. Birozdan so‘ng ushbu shaxs hushini yo‘qotgan va shifoxonaga olib borilayotgan vaqtida vafot etgan.
Olib borilgan tergovoldi tekshirish harakatlari davomida Dang‘ara tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan ikki nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va ular protsessual tartibda ushlangan.
Marhumning o‘limi yuzasidan Dang‘ara tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. Uning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
“Tergov va tekshiruv harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazilishi va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, deydi Shamsutdinov.
LiveBarchasi