Prezidentning dabdabali “Marry me” qilgan bo‘lajak kuyovi hibsga olindi
Olam
−
10 iyul
133818Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning jiyani Lazzat Nurkojoyevaning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i giyohvand moddalarni sotishda gumon qilinib qo‘lga olindi. Bu haqda huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib, “24.kg” xabar berdi.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari Aftandil Sabirbekovni narkotik moddalarni sotishda gumon qilib, hibsga olgan. Manbalarning qo‘shimcha qilishicha, Aftandil Sabirbekov allaqachon tergov izolyatoriga joylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Aftandil Sabirbekov yaqinda Qirg‘iziston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidan vertolyot ijaraga olib, turmush qurishni taklif qilgan edi. Tadbirdan olingan video keng jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘lgach, davlat rahbari bo‘lajak kuyovining isrofgarchiliklari uchun uzr so‘rashga majbur bo‘ldi.
LiveBarchasi