Dahshat! Futbol murabbiyi kuniga 60 ta tamaki chekadi

Sport

image

Turinning "Yuventus" klubi bosh murabbiyi Mauriso Sarri jurnalistlar bilan suhbatda kuniga necha dona tamaki chekishini aytib o‘tdi.

"Men kun davomida 60ta tamaki chekaman. Ehtimol bu juda ko‘p. Menda o‘yin o‘tkazilayotgan vaqtda chekish istagi tug‘ilmaydi. Ammo, o‘yindan keyin menga haqiqatan ham tamaki zarur", deb aytib o‘tdi italiyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, Sarri bir yillik faoliyatidan so‘ng Londonning "Chelsi" klubini tark etdi va Massimiliano Allegri o‘rniga "Yuventus" bosh murabbiyi etib tayinlandi. U "Chelsi" bilan o‘tgan mavsumda Yevropa ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan va Angliya premer ligasida 3-o‘rinni ban etgan edi. Eslatib o‘tamiz, Yevropa ligasi kubogi Mauriso uchun faoliyatidagi dastlabki sovrin hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Yuventus Mauriso Sarri

Baholaganlar

69

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing