Sudlangan migrantlarning Rossiyaga kirishi taqiqlanishi mumkin

Olam

image

Rossiya Liberal-demokratik partiyasi (LDPR) Davlat Dumasiga sudlangan xorijliklarning mamlakatga kirishini taqiqlashni taklif qiluvchi qonun loyihasini kiritadi. Bu haqda LDPRdan chiqqan senator Yelena Afanaseva o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

"LDPR sudlangan xorijliklarning Rossiyaga kirishini umrbod taqiqlashni taklif qilmoqda, qonun loyihasi Davlat Dumasiga kiritilmoqda. Tashabbusga ko‘ra, taqiq sudlanganligi olib tashlanmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek, barcha toifadagi jinoyatlarni sodir etganligi uchun olib tashlangan sudlanganlik holatidagi shaxslarga ta’sir qiladi”, deb yozgan Afanaseva.

Senatorning ta’kidlashicha, boshqa mamlakatlardan kelgan huquqbuzarlar "terrorchilik tahdidining potensial tashuvchilari"dir. Uning so‘zlariga ko‘ra, LDPR xavfsizlik talablarini kuchaytirish, shuningdek, migratsiya qonunchiligini kuchaytirish bo‘yicha tashabbuslarni tayyorlash uchun ishchi guruh tuzgan.

"Dunyodagi umumiy vaziyat shuni ko‘rsatadiki, migratsiya siyosatida Osiyo davlatlarining yanada samarali tajribasiga e’tibor qaratish arziydi. Shu bilan birga, migratsiyaning ochiqligini himoya qilayotganlar aytayotgan iqtisodiy pasayish sifat bilan qoplanadi. LDPR fraksiyasi ishchi guruhi migratsiya siyosatini keskinlashtirishga qaratilgan qonun loyihalarini kiritishni davom ettiradi”, deydi senator.

Eslatib o‘tamiz, “Adolatli Rossiya – Haqiqat uchun” (“Spravedlivaya Rossiya – za pravdu”) partiyasi raisi, Davlat Dumasidagi partiya fraksiyasi rahbari Sergey Mironov Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan vizasiz rejimni bekor qilishni taklif qilgandi. Rossiya Davlat Dumasining deputati Mixail Sheremet esa urush davomida Rossiyaga migrantlarning kirishini cheklash taklifini ilgari surgandi. Rossiya Ichki ishlar vazirligi esa migratsiya qonunchiligining bir qator qoidalarini kuchaytiruvchi qonun loyihasini ishlab chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrantlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing