“COVID markaz” xodimlari moddiy rag‘batlantiriladi
Jamiyat
−
04 avgust 2020
7158O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan, markaziy va oilaviy poliklinikalar negizida tashkil etiladigan maxsus poliklinikalar (“COVID markaz”) xodimlarining lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar o‘rniga quyidagi har oylik moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari belgilandi:
• vrach xodimlarga – 2,5 mln so‘m;
• o‘rta tibbiyot xodimlariga – 1,5 mln so‘m;
• kichik tibbiyot xodimlariga – 1 mln so‘m;
• boshqa xodimlarga – 500 ming so‘m.
Avvalroq, Toshkent shahrida koronavirus bemorlarini qabul qilish uchun 10 ta maxsus poliklinika ishga tushirilgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi