COVID-19. Tojikistonlik futbolchilar golni o‘zgacha usulda nishonlay boshladi (video)

Sport

Tojikiston futbol musobaqalari davom etayotgan dunyoning beshta davlatidan biri hisoblanadi. Ayni damda jahonning qolgan davlatlarida koronavirus pandemiyasi tufayli milliy chempionatlar to‘xtatilgan.

Futbol bo‘yicha Tojikiston chempionati davom etyapti, ammo stadionlarga muxlislar qo‘yilmayapti. O‘yinlarni tomosha qilishga taqiq qo‘yilgan.

Bu manzaradan tojikistonlik futbolchilar tushkunlikka tushmadi. Ular o‘z o‘yinlari orqali xorijlik hamkasblarini qo‘llab-quvvatlashning o‘zgacha usulini topishdi. Ya’ni, har gal gol kiritilganda, kaftlarini ochib, ular haqiga duo qilishdi.

“Biz siz va butun dunyo uchun duodamiz!”, dedi futbolchilardan biri.

Ayni damda Belarus, Avtraliya, Angola, Burundi, Turkmaniston kabi davlatlarda futbol musobaqalari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston

Baholaganlar

193

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing