COVID-19 ni yengib o‘tgan Buyuk Britaniya Bosh vaziri ishga qaytdi

Olam

image

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson koronavirusdan davolanib chiqqanidan so‘ng, Dauning-stritdagi rasmiy qarorgohiga qaytdi. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib, “Sky News” xabar bermoqda.

Bosh vazir o‘z ishini bugun, 27 apreldan boshlashi ma’lum qilingan.

Jonson oxirgi ikki haftani Chekersning shahar atrofidagi qarorgohida o‘tkazdi. U yerda u koronavirusdan davolanib chiqqanidan keyin salomatligini tiklash bilan mashg‘ul bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, 27 mart kuni Boris Jonson koronavirusning yangi turini yuqtirganini ma’lum qilingan edi. U 6 aprel kuni reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazildi va u yerda uch kun yotdi. Shundan so‘ng siyosatchining salomatligi yaxshilangani va u odatiy palataga o‘tkazilgani ma’lum qilindi. Jonson 12 aprel kuni shifoxonadan chiqarildi.


Maqola muallifi

Teglar

Boris Jonson

Baholaganlar

45

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing