Cobalt va Gentra`ning o‘rnini bosishi rejalashtirilgan Chevrolet Onix`ning narxi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

−

image

Avvalroq, O‘zbekistonga Braziliyadan Chevrolet Onix rusumli avtomobillar olib kelingani haqida xabar bergan edik.

“Uzauto Motors” kompaniyasi direktori vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabovning ma’lum qilishicha, Chevrolet Onix avtomobili O‘zbekistonda 9-12 ming dollar atrofida sotiladi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri Asakadagi avtomobil zavodidan xabar berdi.

Ushbu rusumdagi avtomobilni ishlab chiqarish uchun uskunlar o‘rnatiladi va mashinani ishlab chiqarish 2022 yil 4-chorak yakunida lokalizatsiya qilinadi.

Chevrolet Onix O‘zbekistonda Cobalt va Gentra avtomobillarining o‘rnini bosishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

5193

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing