“Uzauto Motors” 3 martdan ommabop avtomobillar sotuvini boshlaydi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda ertaga, 3 martdan Spark, Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillarini xarid qilish uchun shartnoma berish jarayoni qayta tiklanadi. Bu haqda Asakadagi avtomobil zavodiga uyushtirilgan press-tur davomida “UzAuto Motors” mas’ullari tomonidan ma’lum qilindi.

“Uzauto Motors” 3 martdan boshlab mijozlarga kompaniyaning eng xaridorgir modellari hisoblangan Cobalt, Spark, Nexia va Lacetti avtomobillarini sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzish jarayonini qayta boshlaydi”, deya mas’ulning so‘zlarini keltirmoqda QALAMPIR.UZ muxbiri.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyi boshida Spark, Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillarini xarid qilish uchun shartnomalar berish vaqtincha to‘xtatilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Uzauto Motors

Baholaganlar

2164

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing