Cobalt tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi. Bir kishi halok bo‘ldi
Jamiyat
−
27 iyul 2020
12654Joriy yilning 26 iyul kuni Namanganda Damas rusumli tez yordam mashinasi va Cobalt to‘qnashuvi natijasida bir odam halok bo‘ldi. Bu haqda Namangan viloyati IIB xabar berdi.
Namangan shahrida yashovchi fuqaro Cobalt rusumli avtomashinasini (maxsus stiker bo‘lgan) Olmazor ko‘chasida boshqarib ketayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay qarama qarshi tomondan kelayotgan Damas rusumli tez yordam mashinasiga borib urilgan.
Natijada Cobalt haydovchisi ko‘krak qafasi yumshoq to‘qimasi lat yeyishi bilan shikastlangan. Tez yordam haydovchisi esa og‘ir qo‘shma shikast, bosh miya yopiq shikasti, o‘ng oyoq son suyagini yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Tez yordam avtomashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaro esa og‘ir tan jarohati olib ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay shifoxonada vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.