Ichuvchilari eng ko‘p hudud aniqlandi
Salomatlik
−
08 Oktabr 2019
25244Rossiyaning Chukotka okrugida alkogol mahsulotlarini iste’mol qilishdan vafot etishi rekord daraja qayd etilgan. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yilda okrug aholisining ichkilikdan o‘lim darajasi har o‘n ming aholiga 13 kishini tashkil etgan. Natijada, Chukotkadagi har to‘qqizinchi o‘lim alkogol bilan bog‘liq ekani ayon bo‘ladi.
Ikkinchi o‘rinda o‘lim darajasi har o‘n ming aholiga o‘n kishiga to‘g‘ri keladigan Magadan viloyati (har 11 o‘limdan bittasi) to‘g‘ri keladi. Ivanovo viloyatida bu ko‘rsatkich har o‘n ming aholiga to‘qqiz kishidan oshdi.
Ingushetiyada vaziyat eng yaxshi — 2018 yilda spirtli ichimliklarni iste’mol qilish natijasida o‘lim kuzatilmagan.
Barcha hududlarda spirtli ichimliklarni iste’mol qilish oqibatida o‘lganlarning barchasi mehnatga layoqatli erkaklardir.
Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, mehnatga layoqatli yoshdagi erkaklarning o‘lim darajasi har 100 ming kishiga 735 tani tashkil etadi, bu ayollar o‘rtasidagi ko‘rsatkichdan (100 ming kishiga 230 ta holat) uch baravar ko‘pdir.
Shu bilan birga, erkaklar o‘limining qariyb 70 foizi alkogol bilan bog‘liq.
LiveBarchasi