“Chuchvara otmen”. Qarshi hokimi 75 mlndan quruq qoldi

Jamiyat

image

Avvalroq Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri hokimi Normo‘min Xolboyev o‘zini rag‘batlantirish uchun 75 million so‘m mablag‘ ajratishga qaror qilgani haqida xabar bergan edik. Ushbu qaror o‘z vaqtida “E-qaror” elektron tizimiga joylashtirilgan va Xolboyev tomonidan imzo ham chekilgan edi. 

Biroq mazkur qaror ijro etilmay turib, tegishli tartibda bekor qilindi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, agentlik tomonidan Qarshi shahar hokimining 25 avgustdagi qarori amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga zid tarzda qabul qilingani aniqlangan. Holat yuzasidan viloyat hokimligiga korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish to‘g‘risida taqdimnoma kiritilgan. 

“Agentlik fuqarolik jamiyati vakillarining jamoatchilik nazorati va faol fuqarolik pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi hamda davlat organlari va tashkilotlaridagi har qanday ko‘rinishdagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarga murosasiz munosabatda bo‘lishga chorlaydi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Normo‘min Xolboyev 2019 yilda vazifasidan ozod etilgan Qarshi shahar hokimi Jamshid Fozilovning o‘rnini egallagan. Bunga qadar u Kasbi tumani hokimi sifatida faoliyat olib borgan.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya Qarshi Normo'min Xolboev antikorruptsiya rag'bat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing