Cho‘chqa buyragi ko‘chirib o‘tkazilgan bemor ham uzoq yashamadi
Salomatlik
−
13 may
17910Avvalroq, Amerika Qo‘shma Shtatlarida cho‘chqa buyragi muvaffaqiyatli transplantatsiya qilingan bemor shifoxonadan chiqqani haqida xabar bergandik.
Dunyoda birinchi marta geni o‘zgartirilgan cho‘chqa buyragi ko‘chirib o‘tkazilgan 62 yoshli bemor Rik Sulaymon qariyb ikki oydan so‘ng vafot etdi. Bu haqda AP xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘sha paytda jarrohlar cho‘chqaning buyragi bemorga kamida ikki yil xizmat qilishini aytishgan.
Shifoxonaning transplantatsiya guruhi bu odamning o‘limidan chuqur qayg‘uda ekanliklarini izhor qilib, uning oilasiga hamdardlik bildirgan. Mutaxassislar o‘zlarini oqlab, o‘lim transplantatsiya oqibatida sodir bo‘lganligi haqida hech qanday alomat yo‘qligini ham ma’lum qilgan.
Sulaymonning oilasi esa erkak transplantatsiyaga muhtoj bo‘lgan minglab odamlarga umid berish uchun operatsiya qilinganini qo‘shimcha qilgan.
Eslatib o‘tamiz, cho‘chqa yuragi o‘rnatilgan odam ham operatsiyadan so‘ng ikki oy yashagandi.
LiveBarchasi