Chorvoq yo‘lida tirbandlik kamayadi
Jamiyat
−
20 avgust 2020
8939Toshkent viloyatida joylashgan serqatnov turistik zonalar bo‘lgan Charvoy va Amirsoyga olib boruvchi yo‘llarda tirbandlik kamayadi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Faxriddin Davrukov ma’lum qildi.
Ma’lumki, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Hojikent sihatgohi yonidan o‘tgan yo‘lning torligi sabab u yerda tirbandliklar yuzaga kelmoqda. Davrukovning qayd etishicha, bugungi kunda O‘zbekiston Hukumati tomonidan shu yo‘lni kengaytirish ishlari olib borilmoqda.
“Shu bilan birga, sayyohlarga qulayliq yaratish maqsadida Chorvoq turistik zonasiga G‘azalkent shahrini aylanib o‘tib olib boruvchi yo‘l tashkil qilinmoqda. Bunda yo‘lovchilarga G‘azalkent shahriga kirmasdan o‘tib ketish imkoniyati yaratiladi”, deydi rais o‘rinbosari.
Bundan tashqari, sayyohlarning Chorvoq, Chimyon va Amirsoy hududiga chiqib ketish yo‘lida hosil bo‘layotgan tirbandliklarni bartaraf qilish maqsadida G‘azalkent shahridagi ko‘prik ham zamonaviy talablar asosida qayta ta’mirlanib ishga tushirildi.